“Shajara” tizimi qachondan boshlab ishlaydi

Foto: Unsplash
Jonibek Juraqulov
1 Daqiqa o‘qish

2026-yil 1-sentabrdan fuqarolar “Shajara” axborot tizimi orqali oilaviy shajara bo‘yicha ma’lumotlarni onlayn olish imkoniga ega bo‘ladi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda.

Tizim orqali FHDYOning yagona elektron arxivi, davlat arxivlari va idoraviy arxivlarda saqlanayotgan hujjatlar asosida shajara ma’lumotlarini shakllantirish xizmati ko‘rsatiladi. Shuningdek, X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazining DNK xizmati orqali fuqarolarning etnik kelib chiqishini aniqlash imkoniyati yaratiladi.

Oilaviy shajarani shakllantirish xizmatlari davlat xizmatlari markazlari va my.gov.uz orqali uch davr bo‘yicha taqdim etiladi:

  • IX asrdan 1917-yilgacha
  • 1918-yildan 1945-yilgacha
  • 1946-yildan hozirgi kungacha

Avvalrioq Qaynoq24.uz nashri o‘zbekistonliklar 7 avlodini bilishi mumkinligi haqida yozgan edi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.