Toshkentda ayrim transport vositalari harakati cheklanishi mumkin

Foto: Stat.uz
Mohinur Rajabova
1 Daqiqa o‘qish

Toshkentda ayrim transport vositalari harakati cheklanishi mumkin. Bu haqda prezident farmonida qayd etildi.

Farmonga ko‘ra, tabiiy changlanish kuchaygan paytda sanoat korxonalari, transport va issiqlik ta’minoti sohalarida vaqtinchalik cheklovlar joriy qilinishi mumkin. Komissiya yuk tashuvchi transport vositalari harakatini vaqtincha to‘xtatish, avtomobillarni davlat raqami to‘q yoki juft sanalarga qarab yurishini cheklash amaliyotini joriy etish huquqiga ega.

Elektromobillar bu tartibdan mustasno bo‘ladi.

Vakolatlar qatorida qaysi turdagi transport vositalari, qaysi ko‘cha va hududlarda harakat cheklanishi mumkinligi ham komissiya tomonidan belgilanadi. Shuningdek, atmosfera havosiga zarar yetkazayotgan issiqxonalar va boshqa obyektlar faoliyatini vaqtincha yoki to‘liq to‘xtatish vakolati ham berilgan.

Maxsus komissiya ekologik xavf yuqori bo‘lgan sanoat korxonalarini Toshkentdan boshqa hududlarga ko‘chirish masalasini ham belgilaydi. Qurilish ishlariga cheklovlar qo‘yilishi, suv obyektlari qirg‘oq muhofaza zonalarida qurilishlarni taqiqlash kabi qo‘shimcha talablar ham joriy etilishi mumkin.

Yangi tartiblar poytaxtdagi havo sifatini yaxshilash va ekologik xavflarni kamaytirishga qaratilgan.

Avvalroq Qaynoq24.uz nashri Toshkentda ekologik vaziyatni yaxshilash bo‘yicha komissiya tuzilgani haqida yozgan edi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
Jurnalist, tarjimon. 2003-yilda Surxandaryoda tug‘ilgan. Mutaxassisligi filolog. Aloqa uchun: message@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.