To‘rtta hududda 6,7 mlrd so‘mlik mineral o‘g‘itlar talon-toroji aniqlandi

Foto: Pexels
Jonibek Juraqulov
1 Daqiqa o‘qish

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro va Sirdaryo viloyatlarida 6,7 mlrd so‘mlik mineral o‘g‘itlar talon-toroj qilingani aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar berdi.

Qoraqalpog‘istonda o‘tkazilgan tekshiruvda “E.V.” MCHJ mas’ullari 1 473 tonna ammiakli selitra va 276 tonna ammoniy sulfatni o‘zlashtirgani aniqlangan. Ushbu o‘g‘itlar “M.Ch.” AJ bilan tuzilgan shartnoma asosida saqlovga qabul qilingan. Ularning umumiy qiymati 5,09 mlrd so‘mni tashkil etgan.

Xorazm viloyatida esa “A.B.” MCHJ mas’ullari 376,4 mln so‘mlik 126 tonna ammiakli selitrani talon-toroj qilgani ma’lum bo‘lgan.

Buxoro viloyatining G‘ijduvon tumanida “B.T.” MCHJ mas’ullari 255 tonna ammiakli selitra va 95 tonna ammoniy sulfatni o‘zlashtirgani aniqlangan. Ushbu o‘g‘itlarning umumiy qiymati 1,03 mlrd so‘mga teng.

Sirdaryo viloyatida “Z.M.” MCHJ mas’ullari 200,7 mln so‘mlik 67,4 tonna ammiakli selitrani o‘zlashtirish va rastrata qilish orqali talon-toroj qilgani qayd etilgan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Qaynoq24.uz Qashqadaryo va Xorazmda qalbaki aksiz markali alkogol aniqlangani haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.