Apple Android’dagi yangi Quick Share funksiyasidan norozi bo‘ldi

Foto: Pexels
Mohinur Rajabova
1 Daqiqa o‘qish

Apple kompaniyasi Android-smartfonlarda paydo bo‘lgan yangi Quick Share funksiyasidan keskin norozi bo‘ldi. Bu haqda taniqli insayder Mark Gurman X’dagi sahifasida ma’lum qildi.

Google noyabr oxirida Android’ga Quick Share funksiyasini qo‘shgandi. U orqali Android’dan iPhone’ga fayl yuborish mumkin bo‘lib, ma’lumotlar iPhone tomonida AirDrop tizimi orqali qabul qilinadi. Gurmanning aytishicha, Google AirDrop’ning yopiq mexanizmini “aylanib o‘tishga” muvaffaq bo‘lgan va bu Apple’ni jiddiy ranjitgan.

Insayder Apple’dagi manbalarga tayanib, kompaniya Quick Share’ning ishga tushirilishini juda salbiy baholaganini aytdi. Chunki yangi funksiya iOS cheklovlarini chetlab o‘tishga imkon beradi. Shunga qaramay, Apple hozir murakkab ahvolda. Kompaniya Quick Share’ni bloklashni istaydi, biroq Yevropa Ittifoqi regulyatorlarining keskin reaksiyasidan cho‘chimoqda.

Bloomberg sharhlovchisining eslatishicha, Google yillar davomida Apple’ni iMessage’ni ochishga majbur qilishga uringan. Yevropa Komissiyasi ham so‘nggi yillarda faol bosim o‘tkazib kelmoqda. 2023-yilda aynan EK bosimi sabab Apple Lightning portidan voz kechib, USB-C’ga o‘tishga majbur bo‘lgan. Gurman fikricha, shunga qaramay, Apple baribir xavfga borishi va Quick Share’ni bloklashi mumkin.

Avvalroq Qaynoq24.uz nashri Android endi iPhone bilan fayl almasha olishi haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
Jurnalist, tarjimon. 2003-yilda Surxandaryoda tug‘ilgan. Mutaxassisligi filolog. Aloqa uchun: message@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.