Honor kompaniyasi hozircha bozorda misli ko‘rilmagan ekran texnologiyasini sinamoqda. Bu haqda Gizmochina xabar bermoqda.
Bugungi kunda ko‘p smartfonlar 120 Hz ekran bilan chiqadi, ba’zi flagmanlar 144 yoki 165 Hz ko‘rsatkichni taklif qiladi. Ammo 185 Hz displey hali birorta smartfonda uchramagan. Ma’lumotlarga ko‘ra, Honor 185 Hz yangilanish chastotasiga ega displey ustida ishlamoqda.
Insayderning aytishicha, bu faqat sinov bosqichi va qurilma yaqin vaqt ichida taqdim etilishi ham aniq emas. Ekran 1,5K ruxsatda bo‘ladi. Diagonal ko‘rsatilmagan, lekin 6,7–6,9 dyuym oralig‘ida bo‘lishi kutiladi.
Sharp kompaniyasi oldin 240 Hz ekranli modellari bilan chiqargan, ammo ular aslida 120 Hz panel bo‘lib, yuqori ko‘rsatkich dasturiy usulda olinadi. Honor esa haqiqiy yuqori chastotali panelni sinovdan o‘tkazayotgani bilan ajralib turibdi.
Avvalroq Qaynoq24.uz nashri Honor 500 va 500 Pro smartfonlari taqdim etilgani haqida yozgan edi.

