Markaziy bank tomonidan 27-noyabr uchun valyuta kurslari e’lon qilindi. Unga ko‘ra AQSh dollari qiymati 11 881,60 so‘mni tashkil etib, avvalgi ko‘rsatkichga nisbatan 55,29 so‘mga arzonlashdi.
Yevroning amaldagi kursi 13 749,39 so‘m bo‘lib, 19,81 so‘mga pasaydi. Rossiya rubli ham biroz arzonlashib, 151,05 so‘mni tashkil etdi va 0,51 so‘mga tushdi.
Britaniya funtining qiymati 15 652,82 so‘m etib belgilandi, bu esa 26,29 so‘mlik pasayishni bildiradi. Yaponiya iyeni 75,94 so‘m bo‘lib, 0,43 so‘mga kamaydi. Shveytsariya franki 14 730,47 so‘mga tenglashib, 15,53 so‘mga arzonlashgan. Xitoy yuani esa 1 678,38 so‘mni tashkil etib, 5,96 so‘mga pasaygani qayd etildi.
Qaynoq24.uz nashri avvalroq 26-noyabr kuni oltin quymalari qanday narxda sotilishi haqida yozgan edi.

