Vivo dekabr oyida Xitoy bozori uchun Vivo S50 Pro Mini smartfonini taqdim etishga tayyorlanmoqda. Xalqaro bozor uchun esa ushbu model Vivo X300 FE nomi bilan rebrendinga uchrashi kutilmoqda. Kompaniya allaqachon qurilmaning asosiy imkoniyatlari va dizayn tafsilotlarini oshkor qildi.
iPhone Air’ni eslatuvchi dizayn va periskop kamera
Vivo S50 Pro Mini orqa panelida joylashgan gorizontal kamera paneli bilan ajralib turadi. Unda uchta kamera va LED chiroq joylashgan. Eng asosiy sensor yirik o‘lchamli bo‘lib, unga ultra-keng burchakli modul hamda 50 MP Sony IMX882 periskop telefoto kamerasi juftlik qiladi. Bu segmentda periskop kameraning mavjudligi modelni raqobatchilardan ajratib turuvchi muhim afzalliklardan biri bo‘ladi.

Kichik korpus, yuqori sifatli displey
Old panel suratlaridan ma’lum bo‘lishicha, S50 Pro Mini 6,31 dyuymli OLED displeyga ega. Kompakt o‘lchamiga qaramay, ekran 1.5K aniqlik va 120Hz yangilanish tezligini taqdim etadi. Selfilar uchun esa old tomonga 50 MP kamera o‘rnatilgan.
Displeyga ultratovushli barmoq izi skaneri integratsiya qilingan — bu optik skanerga nisbatan tezroq va xavfsizroq ishlaydi.
Snapdragon 8 Gen 5: eng yangi flagman chipset
Vivo S50 Pro Mini ichida Qualcomm’ning eng so‘nggi flagmani — Snapdragon 8 Gen 5 chipi ishlaydi. U bilan birga:
- LPDDR5x operativ xotira
- UFS 4.1 ichki xotira
- 6500 mAh sig‘imli akkumulyator
- 90W quvvat bilan simli
40W bilan simsiz zaryadlash kabi imkoniyatlar taqdim etiladi. Bu kombinatsiya qurilmani nafaqat kuchli, balki uzoq ishlovchi flagmanga aylantiradi.
Himoya darajasi va qo‘shimcha funksiyalar
Smartfon:
- Android 16 (OriginOS 6 bilan),
- ikkilik dinamiklar,
- x-o‘qi liniyali vibratsiya motor,
- aerospace darajadagi metall ramka,
IP68/69 himoya darajasi bilan jihozlanadi. Bu esa uni suv va changdan yuqori darajada himoyalangan, chidamli qurilmaga aylantiradi.
Qaynoq24.uz Vivo S50 Pro mini smartfoni qanday xususiyatlarga egaligi haqida yozgan edi.

