Samsung Galaxy S27 Ultra eski kamera bilan chiqishi mumkin

Foto: Engadget
Jonibek Juraqulov
1 Daqiqa o‘qish

Samsung 2027-yilda chiqarilishi kutilayotgan Samsung Galaxy S27 Ultra modelida ilg‘or kamera o‘rniga hozirgi Galaxy S25 Ultra’da ishlatilayotgan 200 megapikselli Samsung ISOCELL sensorini o‘rnatishi mumkin.

Shu orqali kompaniya ta’minot zanjiridagi muammolar va xarajatlarni kamaytirishni maqsad qilmoqda. Ice Universe ta’kidicha, bu strategiya keyingi yillarda ham davom etishi mumkin. 2028 va 2029-yillarda chiqarilishi rejalashtirilgan Galaxy S28 Ultra va S29 Ultra modellari ham eski sensorni ishlatishi ehtimol qilinmoqda.

Mutaxassisning fikricha, Samsung premium qurilmalarda ilg‘or kamera texnologiyasini ishlatishi kerak bo‘lsa-da, kompaniya xarajatlarni tejash maqsadida bu imkoniyatdan voz kechadi. Ushbu insayd fonida Sony kompaniyasi yangi LYTIA LYT-901 kamerasi bilan rekord o‘lchamga ega sensorni taqdim etdi — 1/1,12 dyuym.

Bundan tashqari, noyabr oyida insayderlar Samsung‘ning uch ekranli Galaxy Z TriFold katlanadigan smartfoni oddiy flagmanlarga nisbatan bir necha barobar qimmat bo‘lishini, taxminiy narxi 2000–3000 dollar atrofida bo‘lishini ma’lum qilishgan.

Ushbu xabar Samsung‘ning kelajakdagi flagmanlarida kamera yangiliklariga jiddiy o‘zgarishlar bo‘lmasligi va kompaniyaning tejash strategiyasini aks ettiradi.

Qaynoq24.uz Samsung Galaxy S26 Ultra modeli nihoyat 60Vt quvvatlanishni qo‘llab-quvvatlashi mumkinligi haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.