Lionel Messi 2025-yilning eng samarali futbolchisi bo‘ldi

Foto: Ijtimoiy tarmoq
Mohinur Rajabova
3 Daqiqa o‘qish

Argentinalik futbolchi Lionel Messi 2025-yilning eng samarali futbolchisi bo‘ldi. Bu haqda OneFootball nashri xabar bermoqda.

Hisob-kitoblarga ko‘ra, 2025-yilda klub darajasida eng ko‘p gol va golli uzatma bergan futbolchilar ro‘yxatida Lionel Messi yetakchilik qilmoqda. Ro‘yxat faqat klub o‘yinlari statistikasi asosida tuzilgan, terma jamoalardagi natijalar inobatga olinmagan.

Messi yil davomida “Inter Mayami” safida 42 ta gol urib, 20 ta golli uzatma berdi. Uning jami 62 ta samarali harakati uni yilning eng yaxshi ko‘rsatkichi bo‘yicha birinchi o‘ringa chiqargan. U MLSda “Oltin butsа”ni qo‘lga kiritdi va pley-off o‘yinlarida ham samarali o‘yin namoyish etmoqda.

Ikkinchi o‘rinni Garri Keyn egalladi. “Bavariya” hujumchisi 2025 yilda 44 ta gol urib, 11 ta golli uzatma berdi. U Yevropaning eng yaxshi gol muallifi bo‘lib turibdi va har 59 daqiqada gol urish statistikasi bilan e’tiborni tortmoqda.

Uchinchi pog‘onani Kilian Mbappe band qildi. “Real Madrid” yulduzi yil davomida 48 ta gol urib, 6 ta uzatma bilan jami 54 ta samarali harakat qayd etdi. Garchi golli uzatmalari kam bo‘lsa-da, Xabi Alonso uni jamoa o‘yiniga katta ta’sir ko‘rsatadigan futbolchi sifatida baholamoqda.

To‘rtinchi o‘rinda Vangelis Pavlidis qayd etilgan. “Benfika” hujumchisi 37 ta gol urib, 13 ta golli uzatma berdi va Portugaliya chempionatida “Oltin butsа” uchun kurashni davom ettirmoqda.

Beshinchi o‘rinni Laosning “Ezra” klubi futbolchisi Piter Pantasavong egalladi. 19 yoshli hujumchi 30 ta gol va 20 ta uzatma bilan 50 ta samarali harakat amalga oshirdi va ro‘yxatdagi yagona o‘smir bo‘ldi.

Oltinchi o‘rinda Puerto-Rikoning “Puerto-Riko SSC” klubi hujumchisi Kevin Ernandes turibdi. U yil davomida 43 ta gol urib, 5 ta golli uzatma berdi. Faqat liga o‘yinlarining o‘zida 14 uchrashuvda 19 ta gol kiritgan.

Yettinchi pog‘onani esa Jherdan Shakiri egalladi. “Bazel” futbolchisi 2025 yilda 24 ta gol urib, 22 ta golli uzatma berdi. U joriy mavsumni ham yuqori formada davom ettirmoqda.

2025 yil klub futbolida aynan shu yetti futbolchi eng yuqori samaradorlikni namoyish etgani bilan e’tirof etildi.

Qaynoq24.uz La Liganing eng yaxshi futbolchilari reytingi e’lon qilingani haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
Jurnalist, tarjimon. 2003-yilda Surxandaryoda tug‘ilgan. Mutaxassisligi filolog. Aloqa uchun: message@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.