Namanganda 263,4 million so‘mlik energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etildi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament ma’lum qildi.
Departamentning Namangan shahri bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda fuqaro O.I. “Nurafshon” MFY hududidagi novvoyxonada tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi tabiiy gaz tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanib, energiya resurslaridan noqonuniy foydalangani aniqlangan. Shuningdek, fuqaro R.N. (muqaddam sudlangan) “Gulbog‘” MFY hududidagi xonadonida umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga ruxsatsiz ulanib, jami 263,4 million so‘mlik zarar yetkazgani qayd etilgan.

Xuddi shunday, Departamentning Narpay tumani bo‘limi o‘tkazgan tekshiruvda fuqaro Sh.Y. “Amir Temur” MFY hududidagi xonadonida tijorat maqsadida tabiiy gaz tarmog‘iga to‘g‘ridan-to‘g‘ri va noqonuniy ulanganligi aniqlangan. U tomonidan yetkazilgan zarar miqdori 183,9 million so‘mni tashkil etadi.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari davom ettirilmoqda.
Qaynoq24.uz Toshkentda liftda begona qizga shilqimlik qilgan yigit 5 sutkaga qamalgani haqida yozgan edi.

