Markaziy bank tomonidan 4-dekabr kuni oltin quymalari narxi e’lon qilindi. Unga ko‘ra, 5 gramm oltin quymasi 8 264 000 so‘mga sotilmoqda.
Shu bilan birga, 10 gramm quymaning narxi 16 528 000 so‘m, 20 gramm quymaning narxi 33 056 000 so‘mni tashkil qiladi. Katta o‘lchamdagi oltinlar ham o‘zgarishsiz narxlanmoqda: 50 gramm quymaning qiymati 82 640 000 so‘m, 100 gramm oltin esa 165 280 000 so‘mga sotilmoqda.
Bu narxlar bozordagi kundalik yangilanishlar asosida shakllangan va joriy kungi savdo uchun amal qiladi.
Oltinning global bozordagi narxi qanday
2025-yil 4 dekabr holatiga ko‘ra, oltinning bir unsiyasi AQSh dollarida 4 195,56 dollarga teng bo‘lib, kun davomida 6,00 dollar yoki 0,14 foizga ko‘tarilgan. Shu bilan birga, kumushning bir unsiyasi 58,19 dollarni tashkil etib, kunlik o‘sish 0,07 dollar yoki 0,13 foizni tashkil qilmoqda.
Oltinning narxi yil davomida sezilarli o‘sish ko‘rsatmoqda. So‘nggi 30 kunda u 205,93 dollar yoki 5,17 foizga oshgan, so‘nggi 6 oyda esa 835,54 dollar yoki 24,91 foizga ko‘tarilgan. Oxirgi bir yilda esa oltin qiymati 1 564,82 dollar, ya’ni 59,62 foizga ko‘tarilgan. Uzoq muddatli hisob-kitoblarga ko‘ra, so‘nggi besh yil ichida oltin narxi 2 325,07 dollar yoki 124,7 foizga o‘sgan, 20 yil davomida esa 3 682,83 dollar yoki 726,79 foizga oshgan.
Qaynoq24.uz O‘zbekiston oktabr oyida 9 tonna oltin xarid qilgani haqida yozgan edi.

