“YMMT” orqali ish beruvchilarga tijoriy elektron xizmatlar ko‘rsatiladi

Foto: Pexels
Jonibek Juraqulov
1 Daqiqa o‘qish

Hukumatning 3 dekabr kuni qabul qilingan 763-son qaroriga muvofiq, “Yagona milliy mehnat tizimi” — YMMT idoralararo dasturiy-apparat kompleksi orqali ish beruvchilarga tijoriy elektron xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha yangi ma’muriy reglament tasdiqlandi.

Reglamentga ko‘ra, ish beruvchilar mazkur tijoriy xizmatlardan istaklariga ko‘ra ixtiyoriy foydalanishi mumkin. Shu bilan birga, mehnat faoliyatiga oid ma’lumotlarni YMMT tizimiga ish beruvchining o‘zi tomonidan bepul kiritish imkoniyati saqlab qolinadi.

Yangi tartib doirasida YaMMT direksiyasi ish beruvchilarga bir nechta elektron xizmatlarni pullik asosda taklif qiladi. Ular orqali xodimlar bilan tuzilgan yoki bekor qilingan mehnat shartnomalari haqidagi ma’lumotlar elektron tarzda tizimga kiritiladi. Shuningdek, xodimlarning avvalgi ish joylariga oid ma’lumotlar asosida elektron mehnat daftarchasi shakllantiriladi. Tashkilotning ichki tuzilmasi ham YMMTda elektron ravishda rasmiylashtiriladi.

Tijoriy xizmatlardan foydalanish uchun talabgor YIDXP orqali ro‘yxatdan o‘tadi va maxsus so‘rovnomani to‘ldiradi. Ariza vakolatli organ tomonidan uch ish kuni davomida ko‘rib chiqiladi. Talabga mos hujjatlar taqdim etilgach, mehnat faoliyatiga oid elektron ma’lumotlar tizimda shakllantiriladi va QR-kodli ma’lumotnoma rasmiylashtiriladi.

Qaynoq24.uz 6 ming ayolning loyihalarini qo‘llab-quvvatlash uchun 2 trillion so‘m yo‘naltirilishi haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.