Iroq Hizbulloh va husiylarni terrorchi tashkilotlar ro‘yxatidan chiqardi

Foto: Britannica
Mohinur Rajabova
1 Daqiqa o‘qish

Iroq hukumati Livandagi Hizbulloh va Yamanning husiylar harakatini terrorchi tashkilotlar sifatida belgilash haqidagi qarorni qaytarib oldi. Bu haqda Anadolu xabar bermoqda. Rasmiy ma’lumotga ko‘ra, mazkur ro‘yxat xato tarzda e’lon qilingan.

Iroqning rasmiy nashri Al-Waqa’i al-Iraqiya avvalroq Terrorchi shaxslar mablag‘larini muzlatish qo‘mitasining qarorini chop etgan edi. Unda Hizbulloh va husiylar “terrorchi tashkilot” sifatida qayd etilib, ularning aktivlarini muzlatish ko‘zda tutilgan edi.

Keyinroq qo‘mita izoh berib, qaror Malayziyadan kelgan so‘rov va BMT Xavfsizlik Kengashining 1373-son rezolyutsiyasi asosida shakllangani, bu rezolyutsiyada esa faqat ISIS (Daesh) va al-Qoida bilan bog‘liq shaxslarning aktivlarini muzlatish ko‘zda tutilgani aytildi.

Qo‘mita ma’lum qilishicha, ro‘yxatga noto‘g‘ri ravishda bir nechta tashkilotlar qo‘shib yuborilgan bo‘lib, ular orasida Hizbulloh va husiylar ham bor.

Shuningdek, hujjat to‘liq tekshirilmasdan e’lon qilingani, rasmiy gazeta esa tez orada tuzatilishi ma’lum qilindi.

Qaynoq24.uz G‘azoda halok bo‘lganlar soni 70 mingdan oshgani haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
Jurnalist, tarjimon. 2003-yilda Surxandaryoda tug‘ilgan. Mutaxassisligi filolog. Aloqa uchun: message@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.