Toshkentda avtobus urib yuborgan piyoda halok bo‘ldi

Foto: Telegram
Mohinur Rajabova
1 Daqiqa o‘qish

8-dekabr kuni soat 22:30 lar atrofida Mirzo Ulug‘bek tumani hududida Yutong rusumli elektrobus tartibga solinmagan piyodalar o‘tish joyidan o‘tayotgan fuqaro­ni urib yubordi. Kuchli zarba natijasida piyoda yo‘lning qarama-qarshi tomoniga uloqib ketgan.

Shu vaqtda qarama-qarshi tomondan harakatlanib kelgan Haval rusumli avtomobil ham piyodani bosib ketgan. Oqibatda jabrlanuvchi voqea joyida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tergov harakatlari davom etmoqda.

Qaynoq24.uz Chilonzorda “Monza” piyodani urib yuborgani haqida yozgan edi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
Jurnalist, tarjimon. 2003-yilda Surxandaryoda tug‘ilgan. Mutaxassisligi filolog. Aloqa uchun: message@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.