Garovsiz kredit miqdori 200 mln so‘mgacha yetkaziladi

Foto: Prezident matbuot xizmati
Jonibek Juraqulov
2 Daqiqa o‘qish

Avval mikrokredit olgan va ijobiy kredit tarixiga ega tadbirkorlar uchun garovsiz kredit miqdori 200 mln so‘mgacha yetkaziladi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda. Prezident Shavkat Mirziyoyev kichik va o‘rta biznes uchun moliyaviy xizmatlar ommabopligini oshirishga oid takliflar bilan tanishdi.

Taqdimotda kichik va o‘rta biznesni moliyaviy qo‘llab-quvvatlashni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi. Bugungi kunda ushbu yo‘nalishga ajratilgan kreditlar portfeli 218 trln so‘mni tashkil etmoqda. Bu yalpi ichki mahsulotga nisbatan 12 foizga teng.

Shu bilan birga, ayrim muammolar ham saqlanib qolmoqda. Xususan, onlayn berilayotgan ta’minotsiz mikrokreditlar ulushi kam. Bunday kreditni ajratish jarayoni o‘rtacha yetti kungacha vaqt olmoqda. Tadbirkorlar hozircha bir nechta bank taklifini yagona joyda ko‘ra olmaydi. Ular shartlarni solishtirish va o‘ziga qulay variantni tanlash imkoniyatiga ega emas.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Shu sababli raqamli moliyaviy platformani ishga tushirish taklif qilindi. Platforma orqali tadbirkor kredit olish uchun ariza beradi. Shundan so‘ng bir nechta bankdan tijorat takliflarini oladi va ularni taqqoslaydi. Platforma “Elektron hukumat” tizimidagi raqamli ma’lumotlar bazalari bilan integratsiya qilinadi. Kichik va o‘rta biznesga oid ma’lumotlar avtomatik olinadi va banklarga taqdim etiladi.

Bu kredit berish jarayonida hujjat yig‘ishni kamaytiradi. Shuningdek, ortiqcha vaqt sarfi va inson omilini qisqartirishga xizmat qiladi. 2026-yil 1-dekabrdan boshlab platformada sun’iy intellekt elementlari asosida muqobil skoring modeli joriy etiladi. An’anaviy skoring asosan kredit tarixiga tayanadi. Muqobil skoring esa biznes faolligi, aylanmalar, soliq, kommunal to‘lovlar va boshqa raqamli ma’lumotlarni ham hisobga oladi.

Bu kredit tarixi bo‘lmagan tadbirkorlarni ham baholash imkonini beradi. Natijada ularning moliyaviy xizmatlardan foydalanish imkoniyati kengayadi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Kelgusida sun’iy intellekt yordamida tadbirkorning kredit tarixini yaxshilash bo‘yicha tavsiyalar ham beriladi. Shuningdek, xatarlarni baholash va biznesni rivojlantirishga oid tavsiyalar shakllantiriladi.

Tijorat banklari tomonidan “AI maslahatchisi” dasturini ishga tushirish ham rejalashtirilmoqda. Dastur mahallalarning ixtisoslashuvi va o‘sish nuqtalarini hisobga oladi. U biznes g‘oyalarni ishlab chiqish va moliyalashtirish imkoniyatlarini aniqlashga yordam beradi.

Qaynoq24.uz suv fondi yerlarida tadbirkorlikka 100 ming gektar ajratilishi haqida yozgan edi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.