Tadbirkorning tovarini talon-toroj qilgan ombor mudiri qo‘lga olindi

Foto: iStock
Jonibek Juraqulov
1 Daqiqa o‘qish

Samarqandda ombor mudiri tadbirkorning 283,6 mln so‘mlik tovarini talon-toroj qilgani aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini himoya qilish bo‘yicha o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruv davomida “F.” MChJ shaklidagi xorijiy korxonaning Samarqand filiali ombor mudiri D.S.ga ishonib topshirilgan mol-mulk bo‘yicha qonunbuzarlik aniqlangan. U moddiy javobgarligida bo‘lgan, umumiy qiymati 283,6 million so‘m etib baholangan 123 turdagi parfyumeriya mahsulotlarini o‘zlashtirib, talon-toroj qilgani ma’lum bo‘ldi.

Holat yuzasidan D.S.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Qaynoq24.uz 1,5 mlrd so‘mlik dori vositalarining noqonuniy muomalaga kiritilishi oldi olingani haqida yozgan edi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.