Samsung Galaxy S26 smartfonida Galaxy S25 kameralari qo‘llanishi mumkin

Foto: Yahoo
Jonibek Juraqulov
1 Daqiqa o‘qish

Samsung Galaxy S26 flagmanida Galaxy S25 kameralari qo‘llanishi mumkinligi aytilmoqda. Bu haqda GSMArena xabar berdi.

Nashrning yozishicha, yangi seriyaning kamida bitta modeli — Galaxy S26 — avvalgi avlod, ya’ni Galaxy S25 bilan bir xil kamera modullarini qo‘llashi mumkin. Agar ma’lumotlar tasdiqlansa, qurilma quyidagi kameralar bilan jihozlanadi:

  • 50 MP asosiy kamera (1/1,56”);
  • 10 MP telefoto kamera (3x optik zum, 1/3,94”);
  • 12 MP ultra-keng kamera (1/2,55”).

Xuddi shu modullar Galaxy S24 hamda Galaxy S25 modellari uchun ham qo‘llangan.

Nashr yozishicha, Samsung dastlab Galaxy S26 seriyasida kamera imkoniyatlarini kuchaytirishni va shu bilan birga boshlang‘ich narxni oshirishni rejalashtirgan. Biroq iPhone 17 modelining taqdimoti kompaniyaning strategiyasiga o‘zgartirish kiritgan.

AQSh bozorida iPhone 17’ning boshlang‘ich narxi avvalgidek 799 dollar etib belgilangan. Shu bilan birga, Apple ekranni 120 gertsga yangilab, bazaviy xotira hajmini 256 GB qilib bergan. Mutaxassislar Samsungning yangi rejasini shunday izohlaydi: kompaniya Galaxy S26 narxini ham iPhone bilan bir xil — 799 dollar darajasida saqlash uchun kamera yangilanishlaridan voz kechishga majbur bo‘lgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Samsung bunday qaror bilan yangi avlod flagmanining bozordagi raqobatbardoshligini saqlab qolmoqchi.

Qaynoq24.uz Samsung foydalanuvchilariga yangi xizmatni taqdim etishi haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.