Paragvay rahbari O‘zbekistonga tashrif buyuradi

Jonibek Juraqulov
1 Daqiqa o‘qish

Paragvay prezidenti 11–13-dekabr kunlari O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan keladi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar bermoqda.

Paragvay Respublikasi Prezidenti Santyago Penya 11–13-dekabr kunlari O‘zbekistonda rasmiy tashrif bilan bo‘ladi. Dasturga ko‘ra, Toshkentda oliy darajadagi muzokaralar o‘tkazilib, siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy va gumanitar hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilinadi.

Uchrashuvlarda qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat va kimyo sanoati, raqamlashtirish, turizm hamda sport yo‘nalishlarida amaliy sheriklikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha muzokaralar olib borilishi rejalashtirilgan.

Santyago Penya, shuningdek, Xalqaro avtomobil federatsiyasi Bosh assambleyasida ishtirok etadi. Delegatsiya federatsiya shafeligida o‘tkaziladigan musobaqalar g‘oliblarini taqdirlash marosimiga ham tashrif buyuradi.

Qaynoq24.uz nashri Mirziyoyev FIA rahbarini orden bilan taqdirlagani haqida yozgan edi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.