Pashinyan samolyoti Moskva aeroportiga qo‘na olmadi

Foto: "Daryo live"
Mohinur Rajabova
1 Daqiqa o‘qish

Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyanining samolyoti Moskva aeroportiga qo‘na olmadi va majburiy ravishda zaxira aerodromga yo‘naltirildi. Bu haqda Baza nashri xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Pashinyan borti deyarli bir soat davomida Tver viloyati ustida aylanib yurgan, biroq Rossiya poytaxti havo hududiga kirish uchun ruxsat ololmadi. Shundan so‘ng samolyot Sankt-Peterburgdagi Pulkovo aeroportiga yo‘naltirilib, 11-dekabrga o‘tar kechasi shu yerga qo‘ndi.

Pashinyan Germaniyaga qilgan tashrifidan so‘ng Moskvaga uchayotgan bo‘lgan. U Evroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) hukumatlararo kengashi yig‘ilishida ishtirok etishni rejalashtirgandi.

Moskva meri Sergey Sobyanin avvalroq shaharga yaqinlashayotgan 30 ta dron yo‘q qilingani, shu sababli poytaxt aeroportlarida tungi vaqtda cheklovlar joriy etilganini ma’lum qildi. Ushbu cheklovlar faqat ertalab bekor qilingan bo‘lib, natijada yuzdan ortiq aviqatnovlar bekor qilingan yoki kechiktirilgan.

Qaynoq24.uz Rossiya WhatsApp’ni to‘liq bloklamoqchi bo‘lgani haqida yozgan edi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
Jurnalist, tarjimon. 2003-yilda Surxandaryoda tug‘ilgan. Mutaxassisligi filolog. Aloqa uchun: message@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.