Yevropa Ittifoqi AQSh sanoat mahsulotlariga bojlarni bekor qiladi

Foto: Unsplash / Zulfugar Karimov
Mohinur Rajabova
2 Daqiqa o‘qish

Yevropa parlamenti va Yevropa Ittifoqi kengashi AQShdan import qilinadigan barcha sanoat mahsulotlari uchun bojxona bojlarini bekor qilish bo‘yicha dastlabki kelishuvga erishdi. Bu haqda Yevropa Ittifoqi kengashi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Kelishuvga ko‘ra, AQShning ayrim dengiz mahsulotlari va qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga Yevropa bozoriga kirishda kengroq imkoniyat beriladi. Bu mahsulotlar orasida dengiz mahsulotlari, sut mahsulotlari, cho‘chqa go‘shti va soya yog‘i bor.

Mazkur qaror Bryussel va Vashington o‘rtasida 2025-yil iyulda tuzilgan savdo kelishuvining bir qismi hisoblanadi. Yevropa Ittifoqi shu orqali o‘z zimmasiga olgan majburiyatlarni bajarishga yaqinlashmoqda. AFP agentligiga ko‘ra, bu qadam AQSh tomonidan Yevropa mahsulotlariga bojlar oshirilishining oldini olishi mumkin.

“Barqaror, oldindan aytish mumkin bo‘lgan va muvozanatli transatlantik hamkorlikni saqlash har ikki tomon manfaatiga mos keladi. Bugun Yevropa Ittifoqi o‘z majburiyatlarini bajarmoqda”, dedi Kipr energetika, savdo va sanoat vaziri Maykl Damianos.

Uning ta’kidlashicha, Yevropa Ittifoqi global savdo sohasida ishonchli va mas’uliyatli hamkor bo‘lib qoladi. Qarorga ko‘ra, AQSh sanoat mahsulotlariga import bojlari 2029-yil oxirigacha nol darajada qo‘llanadi.

AQSh esa Yevropa Ittifoqi mahsulotlariga 15 foizlik bojlarni saqlab qoladi. Po‘lat va alyuminiy bundan mustasno. Ushbu mahsulotlar uchun boj stavkasi 50 foiz bo‘lib qoladi.

Savdo kelishuvi 2025-yil iyul oyida AQSh prezidenti Donald Tramp va Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayen muzokaralarida tuzilgan edi. Hujjatning yakuniy matni Yevropa Ittifoqi tomonidan tasdiqlanishi kerak edi.

Kengashi ma’lumotiga ko‘ra, AQSh YeIning eng yirik savdo hamkori hisoblanadi. Tomonlar o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalar jahon savdosining qariyb 30 foizini tashkil etadi.

Qaynoq24.uz Tramp Janubiy Koreya importiga bojlarni 25 foizgacha oshirgani haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
Jurnalist, tarjimon. 2003-yilda Surxandaryoda tug‘ilgan. Mutaxassisligi filolog. Aloqa uchun: message@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.