Toshkentda psixotrop dori vositalarini noqonuniy saqlagan ayollar qo‘lga olindi

Foto: DXX
Mohinur Rajabova
1 Daqiqa o‘qish

Toshkentda psixotrop dori vositalarini noqonuniy saqlagan ayollar qo‘lga olindi. Bu haqda DDX xabar bermoqda.

Yangihayot tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Navoiy viloyatida yashovchi 48 yoshli ayolning uyidan Farg‘ona vodiysidan olib kelingani aniqlangan 3 ming dona psixotrop moddalar topildi. Shuningdek, hujjatlari bo‘lmagan, qiymati 1,1 milliard so‘mlik TMB ham saqlab kelinayotgani aniqlangan.

Ushbu ayol bergan ko‘rsatma asosida uning 39 yoshli mahalladoshining uyida ham psixotrop moddalar borligi ma’lum bo‘ldi.

Hozirda mazkur holat bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv va tezkor-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Qaynoq24.uz qo‘shni davlatdan olib kirilgan giyohvand moddalar qo‘lga olingani haqida yozgan edi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
Jurnalist, tarjimon. 2003-yilda Surxandaryoda tug‘ilgan. Mutaxassisligi filolog. Aloqa uchun: message@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.