Boliviyaning sobiq prezidenti Luis Arce korrupsiya ishi bo‘yicha hibsga olindi

Foto: Ijtimoiy tarmoq
Mohinur Rajabova
2 Daqiqa o‘qish

Boliviyaning sobiq prezidenti Luis Arce korrupsiya ishi bo‘yicha hibsga olindi. Bu haqda xorijning BBC nashri ma’lum qildi.

Boliviyaning sobiq rahbari Luis Arce korrupsiya bilan bog‘liq tergov doirasida La-Pas shahrida hibsga olindi. Tergov Arce 2006–2019-yillarda prezident Evo Morales davrida iqtisodiyot vaziri bo‘lgan paytdagi moliyaviy amaliyotlar bilan bog‘liq.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Arce davlat g‘aznasidan ayrim siyosiy yetakchilarning shaxsiy hisoblariga mablag‘ o‘tkazishga rozilik berganlikda ayblanmoqda. Bosh prokuratura uni “vazifasiga xilof harakat qilish” va “iqtisodiy zarar keltirish” moddalari bo‘yicha javobgarlikka tortishni so‘ragan.

62 yoshli Arce politsiya so‘roq paytida sukut saqlash huquqidan foydalangan. Bosh prokuror Rojer Mariaka uning bir kecha davomida politsiya hibsxonasida qolishini, so‘ng sudga chiqarilib ehtiyot chorasi belgilanini ma’lum qildi. Rasmiylar hibsni siyosiy ta’qib emasligini ta’kidlamoqda.

Korrupsiya bo‘yicha tergov Boliviyaning Indigen xalqlari rivojlanish jamg‘armasi (Fondioc) atrofida yillar davomida davom etib kelayotgan ko‘p million dollarlik talon-torojlik ishiga borib taqaladi. Mablag‘lar uchun belgilangan loyihalarning ayrimlari tugallanmagan yoki umuman mavjud bo‘lmagani aniqlangan. Ushbu ishda bir qator sobiq amaldorlar, jumladan MAS partiyasi deputati bo‘lgan Lidiya Patti ham gumonlanuvchi sifatida tilga olinadi.

Boliviya vitse-prezidenti Edmand Lara Arce hibsini hukumatning kengaytirilgan korrupsiyaga qarshi kurash kampaniyasining bir qismi ekanini bildirdi. Uning aytishicha, mamlakatdan o‘g‘irlangan har bir sent qaytariladi va aybdorlar qonun oldida javob beradi.

Luis Arce 2020–2025-yillar davomida Boliviya prezidenti bo‘lgan. U oktabr oyidagi saylovlarda qatnashmaslikka qaror qilgan, natijada prezidentlikka centrist siyosatchi Rodrigo Paz saylandi va 20 yilga yaqin MAS partiyasi hukmronligi yakunlandi. Amaldagi qonunlarga ko‘ra, sobiq ijroiya hokimiyati a’zolariga hukumat almashganidan keyin 90 kun davomida mamlakatni tark etish taqiqlanadi.

Qaynoq24.uz Bolgariya hukumati ommaviy norozilik namoyishlari ortidan iste’foga chiqqani haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
Jurnalist, tarjimon. 2003-yilda Surxandaryoda tug‘ilgan. Mutaxassisligi filolog. Aloqa uchun: message@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.