BBC yaqin ikki yil ichida xodimlarining qariyb 10 foizini qisqartirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda DW xabar bermoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, kompaniya 1,8 mingdan 2 minggacha xodimni ishdan bo‘shatishi mumkin. Rahbariyat bu qarorni moliyaviy bosim bilan izohlamoqda. Korporatsiya xarajatlarni taxminan 500 mln yevroga kamaytirishni rejalashtirgan.
Asosiy sabab sifatida media sohasidagi inqiroz, sun’iy intellekt texnologiyalarining keng joriy etilishi va auditoriya odatlarining o‘zgarishi ko‘rsatilmoqda. Shuningdek, BBC daromadlari ham kamaygan. 2017-yildan buyon televizion litsenziya to‘lovlaridan tushumlar 24 foizga qisqargan.
Kompaniyaga global striming platformalari va onlayn media ham kuchli bosim o‘tkazmoqda. Shu sabab BBC raqamli yo‘nalishga ko‘proq e’tibor qaratmoqda.
BBC haqida

BBC — Buyuk Britaniyaning eng yirik davlatga qarashli ommaviy axborot vositasi hisoblanadi. Korporatsiya 1922-yilda tashkil etilgan va bugungi kunda dunyoning eng nufuzli media tashkilotlaridan biri sanaladi. BBC’ning bosh qarorgohi London shahrida joylashgan. Tashkilot televideniye, radio va raqamli platformalar orqali keng auditoriyaga xizmat ko‘rsatadi.
Korporatsiya asosan Buyuk Britaniya aholisi tomonidan to‘lanadigan litsenziya to‘lovlari hisobidan moliyalashtiriladi. Shu sabab u mustaqil va xolis axborot yetkazishga intiladi. BBC bir nechta yirik xizmatlarga ega. BBC News global yangiliklar yetkazadi, BBC World News xalqaro telekanal sifatida faoliyat yuritadi. Shuningdek, BBC iPlayer platformasi orqali onlayn kontent taqdim etiladi.
Qaynoq24.uz BBC Trampning 10 milliard dollarlik da’vosini bekor qilishni so‘ragani haqida yozgan edi.

