Avstriya 14 yoshgacha bo‘lgan qizlarning maktabda ro‘mol o‘rashini taqiqlovchi qonunni qabul qildi

Foto: Expatica
Mohinur Rajabova
1 Daqiqa o‘qish

Avstriya parlamenti 14 yoshdan kichik qizlarning maktablarda hijob taqishiga ruxsat bermaydigan yangi qonunni tasdiqladi. DPA xabariga ko‘ra, bu qaror islomiy jamoalar tomonidan keskin tanqidga uchragan bo‘lib, ular qonun bolalarni stigmatizatsiya qilishi va jamiyat birligini zaiflashtirishini ta’kidlamoqda. Qonun 2026–2027 o‘quv yilidan kuchga kiradi.

Yangi tartib “islomiy an’analarga ko‘ra boshni yopadigan” bosh kiyimlarga — hijob, ro‘mol yoki burqa kabi yopinchalarga taalluqli. Fevral oyidan boshlab maktablarga yangi tartibni tushuntirish uchun maxsus axborot bosqichi boshlanadi.

Qoidabuzarlik aniqlansa, avval qiz va uning ota-onasi bilan suhbat o‘tkaziladi. Agar bola hijobni taqishda davom etsa, ota-onalar tegishli ta’lim idorasi bilan majburiy muloqotga chaqiriladi. Yakuniy chora sifatida 800 yevrogacha jarima qo‘llanishi mumkin.

Qonun amaldagi hukumat partiyalari — konservativ ÖVP, ijtimoiy-demokratik SPÖ va liberal NEOS tomonidan qo‘llab-quvvatlandi. Muxolifatdagi o‘ng qanot FPÖ ham ovoz berdi. Yashillar partiyasi esa hijob taqiqiga mutlaqo qarshi emasligini, ammo ayni qonun konstitutsiyaviy talablarga mos emasligini aytib, qarshi ovoz berdi.

Qaynoq24.uz Avstraliyada 16 yoshgacha bo‘lganlar uchun ijtimoiy tarmoqlar taqiqi kuchga kirgani haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
Jurnalist, tarjimon. 2003-yilda Surxandaryoda tug‘ilgan. Mutaxassisligi filolog. Aloqa uchun: message@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.