Yakkasaroy tumanidagi qurilish obyektida yong‘in yuz berdi, Bu haqda FVV Toshkent shahar boshqarmasi xabar bermoqda.
12-dekabr kuni tonggi soat 01:50 da Toshkent shahri Yakkasaroy tumanidagi Imom Al-Termiziy ko‘chasida qurilayotgan ikki qavatli binoda yong‘in sodir bo‘lgani haqida FVVga xabar berilgan.
Qutqaruv ekipaji voqea joyiga 4 daqiqa ichida — 01:54 da yetib borgan. Yong‘in tezkor choralar tufayli 02:11 da qurshab olingan va 02:19 da to‘liq bartaraf etilgan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar qayd etilmadi.
Hozirda yong‘inning kelib chiqish sabablari hamda yetkazilgan moddiy zarar miqdori bo‘yicha tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Qaynoq24.uz Guliston shahrida yuz bergan yong‘in sababli bir kishiga jinoyat ishi ochilgani haqida yozgan edi.

