Toshkentda o‘tayotgan O‘zbekiston–Paragvay oliy darajadagi muzokaralari doirasida Ko‘ksaroy qarorgohida O‘zbekiston Respublikasining Birinchi xonimi Ziroat Mirziyoyeva va Paragvay Respublikasining Birinchi xonimi Letisiya Okampos uchrashdi.
Suhbat ochiq va do‘stona ruhda kechdi. Tomonlar ikki davlat o‘rtasidagi do‘stlik rishtalarini mustahkamlash, madaniy va gumanitar aloqalarni yanada kengaytirish masalalarini muhokama qildilar. Rafiqalar o‘zaro anglashuv va xalqlarni yaqinlashtirishga xizmat qiladigan qo‘shma tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.
Oliy martabali mehmon uchrashuv chog‘ida o‘zbek amaliy san’ati ustalarining ijod namunalari, milliy an’ana va urf-odatlar bilan tanishdi.

