O‘zbekistonda paralimpiya terma jamoalari markazi tashkil etiladi

Foto: Avind Sports
Jonibek Juraqulov
1 Daqiqa o‘qish

O‘zbekistonda paralimpiya sportini rivojlantirishga qaratilgan yangi tartib joriy etiladi. Tegishli qarorga ko‘ra, 2026-yil 1-yanvardan boshlab paralimpiya terma jamoalari markazi tashkil etiladi.

Endilikda paralimpiya sport turlari bo‘yicha terma jamoalarga sportchilarni tanlashda ularning musobaqalardagi natijalari bilan bir qatorda sport normativlarini bajarish ko‘rsatkichlari ham inobatga olinadi. Shu bilan birga, sport normativlari asosida shakllantiriladigan paralimpiya sport turlari bo‘yicha O‘zbekiston chempionati yoki kubogini o‘tkazish majburiy hisoblanmaydi.

Yangi tartib doirasida “ERP-sport” elektron boshqaruv tizimi orqali paralimpiya sport turlari bilan shug‘ullanayotgan sportchilarning natijalari muntazam ravishda kiritib boriladi. Ushbu tizim sportchilarning sport normativlarini bajarishi ustidan monitoring olib borish uchun zarur texnik imkoniyatlarni yaratadi.

Shuningdek, mamlakatda Paralimpiya terma jamoalari markazi tashkil etilishi belgilandi. Mazkur markaz Toshkent shahrining Yashnobod tumanida joylashgan Olimpiya shaharchasi hududida faoliyat yuritadi.

Mazkur qaror paralimpiya sportini tizimli rivojlantirish, sportchilarni saralashda shaffoflikni ta’minlash hamda xalqaro musobaqalar uchun raqobatbardosh terma jamoalarni shakllantirishga xizmat qilishi kutilmoqda.

Qaynoq24.uz 11 yoshli xitoylik qiz Giness rekordini yangilagani haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.