Dunyodagi eng yoqimsiz taomlar reytingi e’lon qilindi

Foto: You Tube
Mohinur Rajabova
2 Daqiqa o‘qish

Gastronomik yo‘riqnoma sifatida tanilgan TasteAtlas sayti dunyoning eng yoqimsiz deb topilgan 100 ta taomi ro‘yxatini e’lon qildi. Reyting turli mamlakatlarning an’anaviy taomlarini baholagan tanqidchilar va degustatorlar fikriga asoslangan.

Ro‘yxatga Islandiyaning svid nomli milliy taomi yetakchilik qildi. Ushbu taom qo‘y boshining yarmini olovda kuydirib, junidan tozalash, so‘ng qaynatish orqali tayyorlanadi. Taom odatda kartoshka va sholg‘om pyuresi bilan tortiladi.

Ikkinchi o‘rinni Skandinaviya mintaqasiga xos torramatyur egalladi. Bu fermentatsiyalangan akula go‘shti, dudlangan qo‘y go‘shti va qonli kolbasalardan iborat aralash taomdir.

Reytingning uchinchi pog‘onasiga Ispaniyada tayyorlanadigan Navarra uslubidagi qovurilgan forel joylashtirilgan. Taom limon sharbati va qovurilgan jambon bilan beriladi. To‘rtinchi va oltinchi o‘rinlardan Skandinaviya oshxonasiga mansub qonli taomlar — blodpalt (cho‘chqa qonidan tayyorlangan chuchvaralar) va blodplatter (qonli quymoqchalar) o‘rin oldi.

Beshinchi o‘rinda Buyuk Britaniyaga xos kokni uslubidagi jeledagi ilonbaliq qayd etildi. Eng yoqimsiz o‘ntalikka, shuningdek, Chilining kartoshkali nonlari — milkao va chapalel, Tailandda qovuriladigan ipak qurti lichinkalari hamda Gretsiyaning artishokdan tayyorlanadigan salati ham kiritildi.

Ro‘yxatda Norvegiyaning lyutefisk taomi ham bor. Bu quritilgan treska baliqining ishqor eritmasida ivitilib tayyorlanadigan turi bo‘lib, o‘tkir hid va jele shaklidagi tuzilishi bilan ajralib turadi. Shuningdek, Filippinga xos balut — deyarli shakllanib bo‘lgan embrionli qaynatilgan o‘rdak tuxumi ham eng yoqimsiz taomlar qatoridan joy oldi.

TasteAtlas ma’lumotiga ko‘ra, mazkur reyting turli xalqlarning gastronomik madaniyatini aks ettirsa-da, ayrim milliy taomlar global auditoriya uchun o‘ta noodatiy va yoqimsiz bo‘lib tuyulmoqda.

Qaynoq24.uz 2025-yilning eng kulgili yovvoyi tabiat surati e’lon qilingani haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
Jurnalist, tarjimon. 2003-yilda Surxandaryoda tug‘ilgan. Mutaxassisligi filolog. Aloqa uchun: message@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.