Eron Kuvaytdagi AQSh bazasiga zarba bergani aytildi

Foto: Getty Images
Mohinur Rajabova
2 Daqiqa o‘qish

Eron Kuvaytdagi Ali as-Salem AQSh bazasiga zarba bergani haqida xabarlar tarqaldi. Mazkur bazada AQSh harbiylari joylashgan.

Press TV telekanaliga ko‘ra, Tehron bazaga ballistik raketalar bilan hujum qilgan. Portlash ovozlari Kuvaytning Es-Sara hududidan janubda ham eshitilgani aytilmoqda. Kuvayt Qurolli kuchlari bosh shtabi raketa va dronlar tahdidiga javob qaytarilganini ma’lum qildi. Mamlakat havo hujumidan mudofaa kuchlari zarbalarni qaytarishga kirishgan.

Foto: 2026 Planet Labs PBC / Reuters

Xabarlarga ko‘ra, AQSh mudofaa raketalaridan biri kirib kelayotgan raketani tutib qolish vaqtida Quvaytdagi aholi yashash hududiga qulagan. Hozircha qurbonlar va vayronagarchiliklar haqida aniq ma’lumot berilmagan.

Avvalroq Eron Inqilobiy gvardiyasi AQSh Eronning Sirik oroliga hujum qilganini bildirgan edi. Shundan so‘ng Korpus ushbu hujumda foydalanilgan baza nishonga olinganini ma’lum qilgan.

Eron tomoni AQSh harbiylariga ogohlantirish ham bergan. Agar bunday harakatlar takrorlansa, javob zarbalari yanada kengroq bo‘lishi aytilgan.

Reuters ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi kunlarda Eron va AQSh o‘rtasidagi keskinlik yana kuchaygan. Eron raketa va dronlar orqali Quvayt, Bahrayn hamda Hormuz bo‘g‘ozi yaqinidagi hududlarni nishonga olgan.

AQSh tomoni esa zarbalarning katta qismi tutib qolinganini bildirgan. Vashington Eron harakatlarini mintaqadagi sulh rejimiga zid deb baholamoqda. Mintaqadagi vaziyat muzokaralar fonida keskinlashmoqda. AQSh va Eron o‘rtasida vaqtinchalik kelishuv bo‘yicha aloqalar davom etayotgani aytilgan bo‘lsa-da, tomonlar asosiy masalalarda hanuz kelisha olmayapti.

Asosiy tortishuv Eron yadro dasturi, AQSh sanksiyalari va Hormuz bo‘g‘ozi atrofidagi xavfsizlik bilan bog‘liq. Mazkur bo‘g‘oz xalqaro neft tashuvlari uchun muhim yo‘lak hisoblanadi.

Hozircha Ali as-Salem bazasiga yetkazilgan zarar, yaralanganlar yoki qurbonlar bor-yo‘qligi haqida rasmiy tasdiqlangan batafsil ma’lumot yo‘q. Vaziyat yuzasidan yangi bayonotlar kutilmoqda.

Qaynoq24.uz Tramp Netanyahuni Livanga zarbalar uchun qattiq tanqid qilgani haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
Jurnalist, tarjimon. 2003-yilda Surxandaryoda tug‘ilgan. Mutaxassisligi filolog. Aloqa uchun: message@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.