17-dekabr kuni O‘zbekistonda qor yog‘adi. Bu haqda O‘zgidromet xabar bermoqda. Ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘adi, tog‘li hududlarda esa qor yog‘ishi mumkin.
Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Shamol g‘arbdan sekundiga 3–8 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi 3–5 daraja iliq, kunduzi 5–7 daraja iliq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan sharqqa o‘zgarib, 7–12 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi 3–8 daraja sovuq, Ustyurt hududlarida 12–14 daraja sovuq, kunduzi esa 0–5 daraja iliq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘lib, yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 9–14 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi 0–5 daraja iliq, kunduzi 5–10 daraja iliq bo‘lishi prognoz qilinmoqda.
Toshkent, Sirdaryo, Samarqand va Jizzax viloyatlarida yomg‘ir yog‘adi. Ayrim hududlarda tuman tushishi ehtimoli bor. Shamol g‘arbdan 7–12 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi 0–5 daraja iliq, kunduzi 2–7 daraja iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida ham yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. Tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7–12 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi 3–8 daraja iliq, kunduzi 8–13 daraja iliq bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘lib, yomg‘ir yog‘adi. Ayrim joylarda tuman tushadi. Shamol g‘arbdan 5–10 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi 0–5 daraja iliq, kunduzi 5–10 daraja iliq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir va qor yog‘adi. Ayrim joylarda yog‘ingarchilik kuchli bo‘lishi mumkin. Tuman tushishi ehtimoli mavjud. Shamol g‘arbdan 7–12 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi 3 daraja sovuqdan 2 daraja iliqqacha, kunduzi 0–5 daraja iliq bo‘ladi.
Qaynoq24.uz 16-dekabr kuni qanday ob-havo kuzatilishi haqida yozgan edi.

