AQShda ayol ChatGPT yordamida zo‘ravon sutenerdan qochib qutuldi

Foto: Our Watch
Mohinur Rajabova
2 Daqiqa o‘qish

AQShning Missuri shtatida ayolni majburan fohishalikka jalb qilgan va unga nisbatan zo‘ravonlik sodir etgan erkak qo‘lga olindi. Bu haqda People nashri xabar berdi. Gumonlanuvchi 37 yoshli Jakan Uilson ekani ma’lum qilindi.

Jabrlanuvchi ayolning aytishicha, u Uilson bilan ijtimoiy tarmoqlar orqali tanishgan va vaqt o‘tib ular o‘zaro munosabat o‘rnatgan. Biroq erkak uning ishonchidan foydalangan holda ayolni fohishalikka majbur qilgan. Jabrlanuvchining so‘zlariga ko‘ra, u kuniga bir necha bor mijozlarga xizmat ko‘rsatishga majbur bo‘lgan.

Ayolning ta’kidlashicha, sentabr oyida Uilsonning zo‘ravonligi yanada kuchaygan. Bir kuni u ayolni quchoqlamaganini bahona qilib, uning voyaga yetmagan o‘g‘li oldida tahdid qilgan. Shuningdek, mijoz bilan uchrashuvga 12 daqiqa kechikkanida, barmoqlarini kesib tashlash bilan qo‘rqitgan. Erkak ayolning ko‘z o‘ngida uning o‘g‘liga pichoq bilan zarar yetkazishini ham aytgan.

Shundan so‘ng ayol qochish rejasini tuzgan. U ChatGPT yordamida rasmiy ohangdagi qisqa xat tayyorlab, unda ijaraga olingan avtomobilni zudlik bilan qaytarish zarurligi yozilgan. Ushbu xatni ko‘rsatib, u go‘yoki mashinani topshirish uchun ketayotganini aytgan va shu yo‘l bilan qochib, politsiya hamda yaqinlari bilan bog‘langan.

Ayol huquq-tartibot idoralariga murojaat qilib, Uilson uni muntazam ravishda kaltaklaganini bildirgan. Uning tanasida kaltaklanish izlari aniqlangan va bu faktlar tibbiy ko‘rik orqali tasdiqlangan.

Gumonlanuvchi erkak ayol qochganidan bir kun o‘tib qo‘lga olingan. U hozircha barcha ayblovlarni rad etmoqda. Tergov ishlari davom etmoqda.

Qaynoq24.uz OpenAI yangi ChatGPT Atlas brauzerini taqdim etgani haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
Jurnalist, tarjimon. 2003-yilda Surxandaryoda tug‘ilgan. Mutaxassisligi filolog. Aloqa uchun: message@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.