Tadbirkorlik sohasidagi 1 600 dan ortiq majburiy talablar bekor qilindi

Foto: Winward
Jonibek Juraqulov
1 Daqiqa o‘qish

Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan takliflar asosida qabul qilingan Hukumat qarori bilan tadbirkorlik faoliyatiga oid 1 600 dan ortiq majburiy talablar bekor qilindi. Qayd etilishicha, bu kabi keng ko‘lamli cheklovlarning bekor qilinishi ilk bor amalga oshirilmoqda.

Xususan, veterinariya xizmati nazorati ostidagi 1 568 ta tovar pozitsiyasi bo‘yicha mahsulotga muvofiqlik sertifikatini olish talabi bekor qilindi. Shuningdek, turizm xizmatlarini ko‘rsatishda faoliyatga xos bo‘lmagan va yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun ortiqcha bo‘lgan bir qator cheklovlar ham olib tashlandi.

Bundan tashqari, yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan import amalga oshirishda belgilangan 5 ming AQSh dollari miqdoridagi cheklov, turistlarga uy-joyni 30 kungacha ijaraga berish, shuningdek, yog‘ochdan mebel tayyorlash bilan bog‘liq ayrim talablar bekor qilindi.

Mazkur o‘zgarishlar natijasida tadbirkorlarning ma’muriy organlar bilan munosabatga kirishishida ortiqcha byurokratik to‘siqlar kamayishi, shuningdek, ularning vaqti, mablag‘i va resurslari tejalishi kutilmoqda.

Ma’lumot uchun, hozirda Tadbirkorlik sohasidagi majburiy talablar yagona elektron reyestriga 36 mingdan ortiq majburiy talablar kiritilgan. Adliya vazirligi tomonidan sohalar kesimida ushbu talablarni izchil qayta ko‘rib chiqish, tadbirkorlar uchun qulayliklarni oshirish va byurokratik to‘siqlarni qisqartirish bo‘yicha doimiy ravishda takliflar ishlab chiqilmoqda.

Qaynoq24.uz “Biznes hamroh” loyihasi joriy etilishi haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.