Galaxy S25 va Galaxy S24 smartfonlarida yangi imkoniyat paydo bo‘ldi

Foto: Wired
Mohinur Rajabova
1 Daqiqa o‘qish

Adobe kompaniyasi Android platformasi uchun Lightroom ilovasining yangi versiyasini taqdim etdi. Ushbu yangilanish orqali Samsung Galaxy S25 va Galaxy S24 seriyasi smartfonlarida HDR formatdagi suratlarni tahrirlash imkoniyati qo‘shildi.

Yangi funksiya professional va havaskor foydalanuvchilar uchun suratlarni yanada aniq ranglar, keng dinamik diapazon va yuqori yorqinlikda tahrirlash imkonini beradi. Bu esa Galaxy flagmanlarining kamera salohiyatidan to‘liq foydalanishga yordam beradi.

Yangilanish Lightroom 11.1.0 versiyasi bilan taqdim etilmoqda va u bosqichma-bosqich butun dunyo bo‘ylab tarqatilmoqda. Ilovani yangilash uchun foydalanuvchilar Google Play Store’ga kirib, profil bo‘limi orqali ilovalarni yangilashlari mumkin.

Mutaxassislar Samsung smartfonlarining uchinchi tomon ilovalari bilan chuqur integratsiyaga ega ekanini yana bir bor ta’kidlashmoqda. Adobe Lightroom’dagi HDR tahrirlash funksiyasi ham Samsung qurilmalarini boshqa Android smartfonlaridan ajratib turuvchi muhim afzalliklardan biri sifatida baholanmoqda.

Qayd etilishicha, Samsung so‘nggi paytlarda dasturiy hamkorliklarga alohida e’tibor qaratmoqda. Avvalroq Notion Labs kompaniyasi bilan hamkorlikda Galaxy Tab S11 planshetlariga Notion ilovasi oldindan o‘rnatilgan holda taqdim etilgani va foydalanuvchilarga pullik obuna imkoniyati berilgani ham ma’lum qilingan edi.

Qaynoq24.uz 2025-yilning eng yaxshi smartfonlari e’lon qilingani haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
Jurnalist, tarjimon. 2003-yilda Surxandaryoda tug‘ilgan. Mutaxassisligi filolog. Aloqa uchun: message@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.