Oppo kompaniyasi Xitoy bozorida K15 seriyasini ikkita yangi model — Oppo K15s va Oppo K15x bilan kengaytirdi. Ikkala smartfon ham o‘rta segmentga mo‘ljallangan bo‘lib, narxi $255–300 oralig‘ida.
K15s texnik jihatdan Oppo A7 Pro’ga juda yaqin, K15x esa K14 modelidan asosan kichikroq batareya bilan farq qiladi.
Oppo K15s 7000 mA/soat batareyaga ega

Oppo K15s 6,57 dyuymli AMOLED ekran bilan jihozlangan. Displey Full HD+ aniqlik va 120 Hz yangilanish tezligini qo‘llab-quvvatlaydi.
Smartfon MediaTek Dimensity 6360 Max protsessorida ishlaydi. Eng yuqori konfiguratsiyada 8 Gb tezkor va 256 Gb ichki xotira mavjud.
Asosiy kamera 50 Mp, old kamera esa 8 Mp aniqlikka ega. Model 7000 mA/soat sig‘imli batareya bilan jihozlangan.
Oppo K15x’da IPS ekran
Arzonroq Oppo K15x 6,75 dyuymli IPS displeyga ega. Ekran 120 Hz yangilanish tezligini qo‘llab-quvvatlaydi, biroq uning aniqligi HD+ bilan cheklangan.
Smartfon MediaTek Dimensity 6300 protsessorida ishlaydi. Eng yuqori xotira konfiguratsiyasi K15s bilan bir xil — 8/256 Gb.
Kameralari soddaroq
Oppo K15x’ning asosiy kamerasi 13 Mp, old kamerasi esa 5 Mp aniqlikka ega. Batareya sig‘imi 6500 mA/soatni tashkil etadi. Taqqoslash uchun, unga yaqin Oppo K14 modeli kattaroq batareya bilan jihozlangan.
Narxi
Har ikkala smartfon ColorOS 16 interfeysida ishlaydi. Oppo K15s narxi 2000 yuandan ($300), K15x esa 1700 yuandan ($255) boshlanadi.
Qaynoq24.uz Oppo A7 Pro Max qanday batareya bilan chiqishi haqida yozgan edi.




