FIFA 2025-yilning eng yaxshi futbolchisini e’lon qildi

Foto: Getty images
Mohinur Rajabova
1 Daqiqa o‘qish

FIFA 2025-yil yakunlariga ko‘ra dunyoning eng yaxshi futbolchisi nomini e’lon qildi. Bu haqda Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) rasmiy saytida ma’lum qilindi.

Ushbu nufuzli sovrin PSJ klubi va Fransiya terma jamoasi hujumchi yarim himoyachisi Usmon Dembelega nasib etdi.

FIFA ma’lumotiga ko‘ra, Dembele klubining tarixida ilk bor UEFA Chempionlar ligasi chempionligini qo‘lga kiritishida muhim rol o‘ynagan. U Yevropa musobaqasidagi g‘alabali yurishda 8 ta gol urib, 6 ta golga uzatma amalga oshirgan.

Shuningdek, yilning eng yaxshi murabbiyi nomiga PSJ bosh murabbiyi Luis Enrike loyiq deb topildi. Uning rahbarligida Parij klubi 2025-yilda besh ta sovrinni qo‘lga kiritdi.

Qayd etilishicha, joriy yilning sentabr oyida Usmon Dembele “Oltin to‘p” sovrinini ham qo‘lga kiritgan edi. Mutaxassislar hujumchining ushbu mukofotni ketma-ket ikkinchi bor yutib olish ehtimolini ham yuqori baholamoqda.

Qaynoq24.uz Arda Gyuler haqida 5 ta qiziqarli fakt haqida yozgan edi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
Jurnalist, tarjimon. 2003-yilda Surxandaryoda tug‘ilgan. Mutaxassisligi filolog. Aloqa uchun: message@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.