20-dekabr kuni qanday ob-havo kuzatiladi

Foto: Pexels
Jonibek Juraqulov
2 Daqiqa o‘qish

O‘zbekistonda 20-dekabr kuni ob-havo o‘zgaruvchan bo‘ladi. Bu haqda O‘zgidromet xabar bermoqda.

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘lib, vaqti-vaqti bilan qor yog‘ishi kutiladi. Kechasi va ertalab tuman tushishi ehtimoli bor. Ayrim yo‘llarda yaxmalak yuzaga kelishi mumkin. Shamol g‘arbdan sekundiga 3–8 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi va kunduzi 1–3 daraja iliq atrofida bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida ham havo o‘zgaruvchan bo‘lib, biroz qor yog‘adi. Ba’zi joylarda tuman kuzatilishi, yo‘llarda esa yaxmalak paydo bo‘lishi mumkin. Shamol tezligi 7–12 metrni tashkil etadi. Kechasi havo harorati 3–8 daraja sovuq, kunduz kuni esa 2 daraja sovuqdan 3 daraja iliqqacha bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida yog‘ingarchilik yomg‘ir va qor ko‘rinishida bo‘lishi mumkin. Ayrim hududlarda tuman tushadi, yo‘llarda yaxmalak ehtimoli bor. Shamol g‘arbdan 7–12 metr tezlikda esadi. Kechasi havo 0–5 daraja sovuq, cho‘l hududlarning shimolida esa 6–8 daraja sovuqqacha pasayadi. Kunduz kuni harorat 0–5 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent viloyati, Sirdaryo, Samarqand va Jizzax viloyatlarida havo o‘zgaruvchan, yomg‘ir va qor yog‘adi. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. Yo‘llarda yaxmalak kuzatiladi. Shamol tezligi 7–12 metrni tashkil etadi. Kechasi harorat 2 daraja sovuqdan 3 daraja iliqqacha, kunduz kuni esa 0–5 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmoqda. Ayrim hududlarda shamol kuchayib, tezligi 13–18 metrga yetishi mumkin. Tuman va yaxmalak ehtimoli saqlanib qoladi. Kechasi harorat 2 daraja sovuqdan 3 daraja iliqqacha, kunduz kuni esa 0–5 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida asosan yomg‘ir yog‘adi. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. Yo‘llarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol g‘arbdan 5–10 metr tezlikda esadi. Kechasi harorat 0–5 daraja sovuq, kunduz kuni esa 0–5 daraja iliq bo‘lishi prognoz qilinmoqda.

Respublikaning tog‘li hududlarida vaqti-vaqti bilan qor yog‘adi. Ayrim joylarda tuman tushishi, yo‘llarda yaxmalak paydo bo‘lishi mumkin. Qor ko‘chishi xavfi mavjud. Shamol tezligi 7–12 metrni tashkil etadi. Kechasi havo 2–7 daraja sovuq, kunduz kuni esa 3 daraja sovuqdan 2 daraja iliqqacha bo‘ladi.

Qaynoq24.uz 19-dekabr kuni qanday ob-havo kuzatilishi haqida yozgan edi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.