Adliya vazirligi tomonidan davlat buyurtmasi asosida yaratiladigan san’at asarlari mualliflariga (Rassom va haykaltaroshlar) haq to‘lash tartibi tasdiqlandi.
Yangi hujjatga ko‘ra, endilikda tasviriy va amaliy san’at asarlarini yaratgan mualliflarning ish haqi hamda xomashyo xarajatlari aniq mezonlar asosida belgilanadi. Bu tartib davlat buyurtmalari doirasida yaratiladigan barcha asarlarga taalluqli bo‘ladi.
Asar qiymatini aniqlash vakolati O‘zbekiston Badiiy akademiyasi huzuridagi Badiiy ekspertlar kengashiga berildi. Kengash asarning badiiy qiymatidan kelib chiqib, uning narxini hisoblaydi.
Baholash jarayonida bir nechta omillar inobatga olinadi. Jumladan, asarning turi, uni yaratish jarayonining murakkabligi, sarflangan mehnat hajmi va muallifning ijodiy yondashuvi hisobga olinadi. Shuningdek, boshqa asarlardan nusxa ko‘chirilgan yoki tayyor namunalar asosida yaratilgan ishlar baholash uchun qabul qilinmaydi.
Qaynoq24.uz Qoraqalpog‘istonda “Besqala Mining Valley” zonasi tashkil etilishi haqida yozgan edi.

