21-dekabr kuni qayerlarga qor yog‘adi

Foto: Snob
Jonibek Juraqulov
2 Daqiqa o‘qish

O‘zbekistonda 21-dekabr kuni ob-havo o‘zgaruvchan bo‘ladi. Bu haqda O‘zgidromet xabar bermoqda.

Poytaxt Toshkentda yakshanba kuni havo o‘zgaruvchan bo‘lib, kechasi va kunning birinchi yarmida biroz qor yog‘ishi, tuman tushishi ehtimoli bor. Yo‘llarda yaxmalak hosil bo‘lishi kutilmoqda. Shamol shimoli-sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi 2 daraja sovuqqacha tushadi, kunduzi esa 0-2 daraja iliq atrofida bo‘ladi.

Mamlakatning shimoliy-g‘arbiy hududlari — Qoraqalpog‘iston va Xorazmda ham biroz qor yog‘ishi va tuman tushishi prognoz qilinmoqda. Shamol tezligi sekundiga 12 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi havo 5 darajagacha soviydi, kunduzi esa 2 daraja sovuqdan 3 daraja iliqgacha bo‘lgan harorat kuzatiladi. Shunga o‘xshash ob-havo Buxoro, Navoiy, Sirdaryo, Samarqand va Jizzax viloyatlarida ham kutilmoqda: bu hududlarda ba’zi joylarda qor yog‘ib, kunduzgi harorat 5 daraja iliqdan oshmaydi.

Janubiy viloyatlar hamda F’arg‘ona vodiysida yog‘ingarchiliklar bo‘lishi kutilmoqda. Qashqadaryo, Surxondaryo, Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida kechasi 2 daraja sovuqdan 3 daraja iliqgacha, kunduzi esa 0-5 daraja iliq harorat qayd etiladi. Barcha hududlarda tuman tushishi va yo‘llarda yaxmalak yuzaga kelishi ehtimoli yuqori.

Tog‘li hududlarda esa qish nafasi yanada kuchliroq seziladi. Vaqti-vaqti bilan qor yog‘ishi, kuchli tuman va yo‘llardagi xavfli yaxmalak holatlari kuzatiladi. Tog‘larda haorat kechasi 8 darajagacha, kunduzi esa 5 darajagacha sovuq bo‘lishi kutilmoqda. Haydovchilardan yo‘llarda o‘ta ehtiyotkor bo‘lish talab etiladi.

Qaynoq24.uz 20-dekabr kuni qanday ob-havo kuzatilishi haqida yozgan edi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.