185 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi

Foto: Departament
Mohinur Rajabova
1 Daqiqa o‘qish

185 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi. Bu haqda Departament ma’lum qildi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Andijon tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruv davomida qonunbuzarlik holati fosh etildi.

Ma’lum bo‘lishicha, “A.A.” MCHJ mas’ul shaxslari Andijon tumanidagi “Ming o‘rik” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan g‘isht ishlab chiqarish sexini umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga tijorat maqsadida noqonuniy ulab, jami 185,3 million so‘mlik elektr energiyasidan qonunga xilof ravishda foydalangan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ayni paytda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Qaynoq24.uz yuz kilogrammdan ortiq narkotik moddalar to‘xtatib qolingani haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
Jurnalist, tarjimon. 2003-yilda Surxandaryoda tug‘ilgan. Mutaxassisligi filolog. Aloqa uchun: message@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.