Andijonda Cobalt va Lada to‘qnashdi. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan yo‘l-transport hodisasi yuzasidan rasmiy ma’lumot berildi.
Ma’lum qilinishicha, 2025 yil 19 dekabr kuni Andijon viloyati Shahrixon tumanining “Yangi vahim” hududidan o‘tgan A–373 xalqaro avtomobil yo‘lining 405–406-kilometrlari oralig‘ida, “Hunarmandlar” markazi oldida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.
1987 yilda tug‘ilgan A.H. Cobalt rusumli avtomobilida yondosh hududdan asosiy yo‘lga keskin chiqib ketishi oqibatida asosiy yo‘lda harakatlanib kelayotgan Lada-2107 bilan to‘qnashgan. Shundan so‘ng, oraliq masofani saqlamagan holda kelayotgan Damas va Nexia-3 rusumli avtomobillar ham ushbu transport vositalariga urilib, zanjirli yo‘l-transport hodisasi yuz bergan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olgan fuqarolar yo‘q. Barcha avtomobillar texnik shikastlangan.
Mazkur holat yuzasidan hozirda Shahrixon tumani Ichki ishlar bo‘limi Yo‘l harakati xavfsizligi guruhi xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Qaynoq24.uz Farg‘onada 7 ta avtomobil ishtirokida avariya sodir bo‘lgani haqida yozgan edi.

