Samsung kompaniyasi dekabr oyi xavfsizlik patchini Galaxy S25, S24 va S23 seriyalaridan so‘ng Samsung Galaxy S21 va Galaxy S22 modellariga ham taqdim etdi. Sammobile nashriga ko‘ra, Galaxy S21, Galaxy S21 Plus va Galaxy S21 Ultra modellari uchun ushbu yangilanish choraklik apdeyt doirasida chiqarildi.
Hozircha Galaxy S21 liniyasi uchun dekabr xavfsizlik patchi AQShdagi operatorga bog‘langan smartfonlar egalari uchun mavjud. Yangilanish One UI interfeysi va Android operatsion tizimidagi jami ellik yettita xavfsizlik zaifligini bartaraf etadi.
Galaxy S21 seriyasi uchun operatsion tizim yangilanishlari rasman yakunlangan. Android 11 asosidagi One UI 3 bilan taqdim etilgan ushbu smartfonlar beshta yirik apdeyt oldi. Eng so‘nggisi Android 16 bazasidagi One UI 8.0 bo‘ldi. Ushbu modellar uchun One UI 8.5 yoki undan keyingi Android versiyalari rejalashtirilmagan.
Galaxy S22 seriyasiga kelsak, dekabr xavfsizlik yangilanishi Hindistonda tarqatila boshlandi. Proshivka S90xEOXMCGYL1 raqami bilan belgilangan bo‘lib, apdeyt hajmi to‘rt yuz sakson besh megabaytni tashkil etadi.
Qaynoq24.uz eng katta xotiraga ega smartfonlar haqida yozgan edi.

