Bugun, 22-dekabr kuni soat 10:00 dan 16:00 ga qadar respublika hududidagi barcha metan «zapravkalar» odatdagi ish tartibida faoliyat yuritadi. Bu haqda Energetika vazirligining rasmiy axborot kanali orqali ma’lum qilindi.
Qayd etilishicha, belgilangan vaqt oralig‘ida avtomobillarni metan gazi bilan ta’minlashda cheklovlar joriy etilmaydi. Fuqarolar yoqilg‘i quyish shoxobchalaridan odatdagidek foydalanishlari mumkin.
Avvalroq metan “zapravkalar” faoliyatiga vaqtincha cheklov joriy qilingan edi.

