Laosdagi Mekong daryosida kema halokati yuz berdi

Foto: Getty
Mohinur Rajabova
1 Daqiqa o‘qish

Laosning shimoliy hududida Mekong daryosida yo‘lovchi kema ag‘darilib ketdi. Bu haqda BBC nashri xabar bermoqda. Hodisa oqibatida kamida bir ayol halok bo‘ldi, uning ikki nafar farzandi bedarak yo‘qolgan. Kema bortida bo‘lgan 140 dan ortiq odamning aksariyati sayyohlar bo‘lgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa payshanba kuni sodir bo‘lgan. Kema Huay Xay shahridan tarixiy Luang Prabang tomon yo‘l olgan. Bu yo‘nalish Mekong daryosi bo‘ylab sayohat qiluvchilar orasida mashhur hisoblanadi.

Rasmiy hisobotga ko‘ra, kemada 118 nafar sayyoh va 29 nafar mahalliy aholi bo‘lgan. Kema suv ostidagi toshlarga urilib, qisqa vaqt ichida cho‘ka boshlagan. Guvohlar ijtimoiy tarmoqlarda vahima aks etgan videolarni tarqatgan.

Halokatdan omon qolgan yo‘lovchilarning aytishicha, kemada qutqaruv jiletlari yetarli bo‘lmagan. Fransiya fuqarosi Anthoninning so‘zlariga ko‘ra, atigi 15 ga yaqin jilet mavjud edi. Bu esa vaziyatni yanada og‘irlashtirgan.

Yo‘lovchilar yordam so‘rab yaqin kemalarga murojaat qilgan. Birinchi kema to‘xtamagan, ikkinchi kema esa odamlarni qutqarishga uringan. Biroq odamlar bir tomonga to‘plangani sabab kema tezroq suvga to‘la boshlagan.

Qaynoq24.uz kema Turkiya 39 ta harbiy kema qurilishini olib borayotgani haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
Jurnalist, tarjimon. 2003-yilda Surxandaryoda tug‘ilgan. Mutaxassisligi filolog. Aloqa uchun: message@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.