Rossiyada WhatsApp messenjerining ishlash tezligi 70–80 foizga pasaydi. Foydalanuvchilar xabar yuborish, bildirishnomalar kelishi, ilova va sayt ishlashida muammolar borligini bildirmoqda.
Monitoring xizmatlari ma’lumotlariga ko‘ra, bir sutka ichida minglab shikoyatlar kelib tushgan.
Eng ko‘p murojaatlar Moskva shahridan qayd etilgan. Telekommunikatsiya bozoridagi manba RBK nashriga bergan ma’lumotida operatorlar ushbu holatga aloqador emasligini aytgan. Manbaga ko‘ra, messenjer tezligining keskin pasayishi texnik cheklovlar bilan bog‘liq.
Roskomnadzor esa vaziyat yuzasidan rasmiy bayonot berdi. Idora TASS axborot agentligiga cheklovlar kuchaytirilishini ma’lum qilgan. Bayonotda WhatsApp Rossiya qonunchiligi talablarini bajarmayotgani ta’kidlangan.
Qaynoq24.uz Rossiya WhatsApp’ni to‘liq bloklamoqchiligi haqida yozgan edi.

