Eron AQShni sulh kelishuvini buzishda aybladi. Tehron rasmiylariga ko‘ra, bunga javoban Amerika harbiy kemalariga zarbalar berilgan.
Eron harbiylari bayonotiga ko‘ra, Omon qo‘ltig‘ida Eron bayrog‘i ostidagi yuk kemasiga hujum sulhga zid harakat hisoblanadi. “AQSh sulhni buzdi va dengiz qaroqchiligi harakatini amalga oshirdi”, deyiladi rasmiy bayonotda.
Avvalroq Donald Tramp AQSh harbiy-dengiz kuchlari Eron bayrog‘i ostidagi TOUSKA kemasini to‘xtatganini ma’lum qilgan edi. Uning aytishicha, kema Eron portlariga nisbatan joriy etilgan blokadani chetlab o‘tishga uringan.
AQSh tomoni ma’lumotiga ko‘ra, ekipaj bo‘ysunmagach, harbiy kema tomonidan to‘xtatilgan. Hozirda u AQSh dengiz piyodalari nazoratida. Vaziyat keskinlashuvi fonida yangi muzokaralar taqdiri ham noaniq bo‘lib qolmoqda. Eron rasmiylari blokada davom etar ekan, AQSh bilan muzokaralarda qatnashmasligini bildirdi.
Qaynoq24.uz nashri AQSh Eron bayrog‘idagi kemani qo‘lga olgani haqida yozgan edi.

