AQSh prezidenti Donald Trump Rossiya yetakchisi Vladimir Putinning G20 sammitida ishtirok etishi foydali bo‘lishini aytdi. Bu haqda DW nashri xabar bermoqda.
Uning so‘zlariga ko‘ra, 2026-yil dekabr oyida Mayamida o‘tkazilishi rejalashtirilgan sammitda Putinning qatnashishi muloqot uchun ijobiy imkoniyat yaratishi mumkin. Shu bilan birga, Tramp Rossiyaga rasmiy taklif yuborilgan-yuborilmagani haqida aniq ma’lumotga ega emasligini bildirdi.
Avvalroq The Washington Post nashri Tramp Putin uchun taklif tayyorlayotgani haqida yozgan edi. Xabarga ko‘ra, bu qadam Rossiyaning xalqaro maydondagi izolyatsiyasini yumshatishga qaratilgan bo‘lishi mumkin.

Rossiya tomoni esa hozircha yakuniy qaror qabul qilmaganini ma’lum qildi. Kreml matbuot kotibi Dmitry Peskov Putinning sammitda ishtiroki hali muhokama qilinayotganini bildirdi. Shuningdek, Rossiya Tashqi ishlar vazirligi vakillari mamlakat sammitga yuqori darajada taklif olganini tasdiqlagan. Biroq yakuniy qaror sammit sanasiga yaqinroq qabul qilinishi kutilmoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Tramp Mayamidagi G20 sammitiga O‘zbekiston va Qozog‘iston yetakchilarini ham taklif qilgan. Bu esa sammit doirasida mintaqaviy kun tartibi kengayishi mumkinligini anglatadi.
Qaynoq24.uz 2025-yilgi G20 sammiti qachon va qayerda o‘tkazilgani haqida yozgan edi.

