Tramp Hormuz bo‘g‘ozi bo‘yicha memorandum kelasi hafta kelishilishi mumkinligini aytdi

Foto: Anadolu
Mohinur Rajabova
1 Daqiqa o‘qish

AQSh prezidenti Donald Tramp Hormuz bo‘g‘ozini ochish bo‘yicha memorandum kelasi hafta kelishilishi mumkinligini bildirdi. U bu haqda ABC News telekanaliga bergan intervyusida aytdi.

Trampning so‘zlariga ko‘ra, Eron bilan muzokaralarda “kichik to‘siq” yuzaga kelgan. Biroq u bu vaziyat hal qilinganini ta’kidladi. AQSh prezidenti bu holat Eronning Isroil tomonidan Livanga berilgan zarbalardan norozi bo‘lgani bilan bog‘liq ekanini aytdi. Uning ma’lum qilishicha, muzokaralar natijasida Isroil va “Hizbulloh” bir-biriga hujum qilmaslikka rozi bo‘lgan.

Tramp ehtimoliy tinchlik kelishuvi Eron ustidan harbiy g‘alabadan ko‘ra yaxshiroq bo‘lishini bildirdi. U Hormuz bo‘g‘ozini ochish bo‘yicha memorandum kelasi hafta yakunlanishi va kelishilishi mumkinligini ham aytdi.

Shu bilan birga, AQSh prezidenti hujjatga kiritilishi kerak bo‘lgan ayrim bandlar bo‘yicha Eron bilan hali kelishuvga erishilmaganini ta’kidladi.

Tramp Truth Social ijtimoiy tarmog‘idagi postida Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu bilan suhbatlashganini ham yozdi. Uning aytishicha, suhbat davomida Netanyaxuga Bayrutga yirik zarba bermaslikni tavsiya qilgan.

AQSh prezidentining da’vo qilishicha, shundan so‘ng Netanyaxu qo‘shinlarni ortga qaytargan. Tramp “Hizbulloh” bilan bilvosita muzokaralar olib borganini ham ma’lum qildi.

Qaynoq24.uz Tramp Netanyahuni Livanga zarbalar uchun qattiq tanqid qilgani haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
Jurnalist, tarjimon. 2003-yilda Surxandaryoda tug‘ilgan. Mutaxassisligi filolog. Aloqa uchun: message@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.