Janubiy Koreya atom suvosti kemalariga ega bo‘lishni rejalashtirmoqda

Foto: BBC
Mohinur Rajabova
1 Daqiqa o‘qish

AQSh va Janubiy Koreya o‘rtasida Seulga o‘z atom suvosti kemalariga ega bo‘lish huquqini mustahkamlovchi kelishuv bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda. Bu haqda Bloomberg manbalarga tayanib xabar berdi.

Nashr ma’lumotiga ko‘ra, Janubiy Koreya suvosti kemalarini past boyitilgan yoqilg‘ida ishlovchi reaktor bilan jihozlashni ko‘zlamoqda. Xususan, reaktorlarda uran boyitilishi 20 foizdan oshmaydi va yuqori boyitilgan urandan foydalanish rejalashtirilmaydi. Bu yondashuv yadro qurolini tarqatmaslik talablariga mos kelishi ta’kidlanmoqda.

Bloomberg‘ning Janubiy Koreya hukumatidagi manbasi ishchi muzokaralar 2026-yil boshida boshlanishini bildirdi. Kelishuv texnik, huquqiy va xavfsizlik jihatlarini qamrab olishi kutilmoqda.

Avvalroq, 30-oktabr kuni AQSh prezidenti Donald Trump Janubiy Koreyaga atom suvosti kemasi qurishga rozilik bergani haqida ma’lum qilgan edi. Biroq keyinroq Janubiy Koreya tashqi ishlar vaziri Cho Hyun Oq uy rahbari bayonotidan hayratda qolganini aytib, masala rasmiy kelishuvlar doirasida ko‘rib chiqilishini ta’kidlagan.

Qaynoq24.uz Janubiy Koreyada yirik qayiq qoya ustiga urilgani haqida yozgan edi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
Jurnalist, tarjimon. 2003-yilda Surxandaryoda tug‘ilgan. Mutaxassisligi filolog. Aloqa uchun: message@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.