Honor Play 10A smartfoni taqdim etildi — narx

Foto: Honor
Jonibek Juraqulov
2 Daqiqa o‘qish

Xitoyning Honor kompaniyasi ichki bozorida yangi budjet smartfoni — Honor Play 10A modelini rasman taqdim etdi. Qurilma katta sig‘imli akkumulyator, tejamkor apparat platformasi va arzon narxi bilan e’tiborni tortmoqda.

Honor Play 10A 6,75 dyuymli LCD displey bilan jihozlangan. Ekran HD+ aniqlikka ega bo‘lib, 90 Gts yangilanish chastotasini qo‘llab-quvvatlaydi. Ko‘zlarni asrash uchun past yorug‘lik rejimi va elektron kitob o‘qish rejimi ham mavjud.

Smartfon MediaTek’ning Dimensity 6300 protsessori asosida ishlaydi. Qurilma 6 GB gacha tezkor xotira va 128 GB doimiy xotira bilan taklif etiladi. Xotirani microSD karta orqali kengaytirish imkoniyati ham bor.

Honor Play 10A’ning asosiy ustunliklaridan biri 5 300 mA·soat sig‘imli akkumulyatoridir. U 15 vattli simli quvvatlashni qo‘llab-quvvatlaydi. Kompaniya ma’lumotiga ko‘ra, batareya quvvati 10 foiz qolgan holatda ham smartfon 65 soatgacha kutish rejimida ishlashi yoki 3,4 soat davomida suhbatlashishni ta’minlay oladi.

Qurilma Android 15 operatsion tizimi asosidagi MagicOS 9 interfeysi bilan ishlaydi. Kamera qismida orqa tomonda 13 megapikselli asosiy modul, old tomonda esa 5 megapikselli selfi kamerasi o‘rnatilgan. Shuningdek, yuz orqali qulfdan chiqarish, ikkita nano-SIM qo‘llab-quvvatlashi va zarbaga chidamli korpus ham mavjud.

Honor Play 10A Xitoyda Lake Blue, Blue Sky va Ink Rock Black ranglarida sotuvga chiqarildi. 4 GB tezkor va 128 GB doimiy xotirali versiya 113 dollar, 6 GB tezkor xotirali talqin esa 128 dollar narxda taklif etilmoqda. Bu esa qurilmani byudjet segmentidagi eng jozibador variantlardan biriga aylantirmoqda.

Qaynoq24.uz eng yaxshi Honor smartfonlari haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.