Huawei nova 15 Ultra qanday kamera bilan jihozlangan

Foto: Gizchina
Jonibek Juraqulov
2 Daqiqa o‘qish

Huawei nova 15 Ultra smartfonining old kamera imkoniyatlarini namoyish etuvchi yangi suratlar taqdim etildi. Kadrlar kompaniya tadbirida olingan bo‘lib, unda Huawei Terminal BG rahbari Xo Gang hamda brend elchisi Jekson Yiy aks etgan. Bu haqda Gizchina xabar bermoqda.

Muxlislar kameradan yuqori sifat kutgan bo‘lsa-da, suratlar internetda ikki xil fikrga sabab bo‘ldi. Ba’zi foydalanuvchilar kadrlar yorqin, ranglar jonli va fondagi barg hamda osmon tabiiy chiqganini ma’qullagan. Biroq boshqalar tasvir yumshoq ko‘rinishini, yuz tafsilotlari yetarlicha aniq emasligini ta’kidladi. Ayniqsa yaqin masofadagi selfilarda keskinlik yetishmasligi tanqid qilindi.

Dual Red Maple Imaging tizimi

Huawei nova 15 Ultra 50 MP old kamera va RYYB texnologiyasiga ega 50 MP asosiy kamera bilan jihozlangan. Kompaniya yangi Dual Red Maple Imaging System tasvirlarni tabiiyroq, yorqinroq va jonliroq ko‘rsatishini aytmoqda. Namoyish qilingan suratlarda qizg‘ish barglar yorqin va toza chiqqani ko‘rinadi, ammo yuz detallari borasida bahslar qolmoqda.

Kompaniya kamroq yorug‘likdagi tasvirlarni yaxshilovchi funksiyalarni ham e’lon qilgan, ammo namunalarda bu imkoniyatlar to‘liq namoyon bo‘lmagan. Mutaxassislar fikricha, dasturiy optimizatsiya orqali sifat oshishi mumkin.

Foydalanuvchilar reaksiyasi

Selfi namunalar e’lon qilingach, tarmoqlarda muhokamalar qizidi. Ba’zi foydalanuvchilar suratlar ijtimoiy tarmoqlar uchun yetarli, kundalik foydalanishda yaxshi deb baholagan. Boshqalar esa raqib flagman selfi kameralaridan ustun bo‘la olmasligini aytmoqda.

Ko‘pchilik dasturiy yangilanishdan umid qilmoqda. Huawei esa hali turli yorug‘lik sharoitlari va tez harakatlanuvchi obyektlarda test natijalarini oshkor qilgani yo‘q.

Qaynoq24.uz eng katta xotiraga ega smartfonlar haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.